BOSHLANG‘ICH SINFL O‘QISH, ATROFIMIZDAGI OLAM DARSLARIDA, INTEGRATSIYA VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

  Malohat Ergasheva, Dilafro’z Muminova (Namangan, O`zbekiston) |    Download article

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotda o‘z o‘rnini topishiga, yoshlardagi mavjud qobilyatni to‘la ro‘yobga chiqarishga, jamiyatda mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsni shakllantirishga, zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgandir. Bu sayi harakatlar esa, albatta, dastlab boshlang‘ich sinflardan boshlab amalga oshirilishi kerak. Darhaqiqat, yosh avlodni kelajakda qanday inson bo‘lib voyaga etishi, uning boshlang‘ich sinflardan olgan puxta bilimi-yu, ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq. Shuning uchun ham yoshlarga mukammal bilim berishning turli yo‘llarini, shakllarini izlab topmoq va amaliyotga qo‘llamok zarur. O‘quvchilarga xuddi shunday ta’lim-tarbiya berishda hozirgi davrda integratsiyalash hamda kompyuter texnologiyasi asosida dars o‘tishning o‘rni beqiyosdir.