O‘QISH DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA VAQT HAQIDAGI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

  Dilafro‘z Muminova, Dilrabo Meliyeva (Namangan, O'zbekiston) |    Download article

O‘zbek oilasida farzand tarbiyasiga qadimdan katta ahamiyat berib kelingan. “O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa, qirqta bo‘lsa qilig‘i boshqa” deganda dono xalqimiz har bir farzandga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini uqtiradi. Chunki ularni har biri betakror, o‘ziga xos xarakterga, ruhiyatga va fe’l-atvorga ega. Farzand va ota-ona bir-birlari uchun tirgakdir. Ota-ona farzandini kelajakda komil inson bo‘lishini, yaxshi kasb egallashi uchun astoydil harakat qilishi hamda ularni bilimli bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlashga intiladi. Bunda o‘qituvchining ham o‘rni juda katta. Birinchi marotaba o‘quvchiga yozishni, o‘qishni, qo‘liga ruchka ushlashni o‘rgatayotgan o‘qituvchi o‘quv faoliyatini tashkil etishga yaxshi niyatlar bilan yondashadi. O‘qituvchi o‘quvchining shaxsiy faoliyatini tashkil etish tartibini ham o‘rgata boshlaydi. Shu maqsadda bugungi kun o‘qituvchisi o‘quvchi ongida vaqt tushunchasini shakllantirishi haqida biroz to‘xtalib o‘tish lozim.