KUNJUT O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

  Tursunboev Hamdam -biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Nukus, O’zbekiston Matyakubova Malika -talaba, Nukus, O’zbekiston Tursunboev Bahrom -o’qituvchi, Amudaryo tumani 11 sonli maktab, O’zbekiston |    Download article

Hozirgi davrda o’simliklarning oziq-ovqat va dorilik hususiyatlarini o’rganish katta ahamiyatga ega. Shu jumladan biz kunjut o’simligini qarab shiqishni oldimizga maxsad qilib oldik. Kunjut - Sesamum indicum L. turi kunjutdoshlar - Pedaliaceae oilasiga mansub bo’lib, V.M. Giltebrandt klassifikastiyasi bo’yicha ikkita ssp. bicarpellatum Hilt. va ssp. quadricarpellatum Hilt. kenja turlariga bo’linadi. Har ikkala kenja tur ham o’z navbatida namlikka bo’lgan munosabati bo’yicha ikki guruhga ajratiladi. ssp. bicarpellatum Hilt. kenja turiga 32 ta tur xillari va ssp. quadricarpellatum Hilt esa, 14 ta tur xillari birlashadi. Ushbu ikki kenja turga mansub navlar asosan hosil qo’zoqchalarining tuzilishi bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladi.