O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ТA’LIM TIZMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISHI SHARHI

  А.Т. Кенжабаев, С.Т.Тошмуратов (Ташкент, Узбекистан) |    Скачать статью

Ta’limda axborot texnologiyalari ya’ni elektron ta’lim O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog‘ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Barcha oliy o‘quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilib, www.edu.uz, www.markaz.uz veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog‘ining milliy segmentida axborot resurslarni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, barcha o‘quv yurtlari veb-saytlari www.edu.uz axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan. Bundan tashqari, oquv yurtlarining o‘quv qo‘llanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog‘ining resurslari yaratilgan, o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan www.literature.uz veb-sayti ishga tushirilgan, maqolalar to‘plami, o‘quv qo‘llanmalar va E-collector referatlar hamda oltita tilga mo‘ljallangan - www.multilex.edu.uz on-layn lug‘at yaratildi.