O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy qadriyatlarni tiklash, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish kun tartibidagi asosiy masaladir. “Qadriyatlar” tushunchasi o‘zining asl ma’nosiga ega bo‘lib, qadriyatlarga e’tibor va ulardan ta’lim-tarbiyada foydalanish zaruratga aylandi. Qadriyatlar inson faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. U ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, inson hayoti va faoliyatida uning ehtiyojlari uchun xizmat qiladi.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Dilafro‘z Muminova, Mamalakatxon Mutalliyeva (Namangan, O'zbekiston) | Скачать статью