Sifatdoshlar fe’lning xoslangan uch shaklidan biri bo’lib, bu shakl uning fe’llik vazifa va xususiyatlariga ikkinchi bir turkum vazifa va xususiyatlarini yuklaydi. Mazkur holat sifatdoshga alohida e’tibor tadqiq qilishni talab qiladi. Bu tilshunoslikda allaqachon e’tiborga olingan va tilshunoslikning dastlabki tadqiqotlaridan boshlab unga turli nuqtai nazardan yondashilib kelingan.