Emotsional faktorlar tilni semantic jihatdan rivojlantiruvchi manbalaridan biri hisoblanib, undagi emotsional komponentlar so’zlarga yaqin bo’lgan qanday-dir leksik mazmun emas, balki o’sha so’zlarning bur bo’lagi sanaladi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, lingvistik adabiyotlarda hozirgacha qay tarzda odamning emotsional hayoti til va uning semantikasiga ta’sir ko’rsatadi, nima sababdan nutqda xohlagan so’zimiz emotivli (emotivlilik –tildagi o’zgarishlarning emotsionalligi) bo’lishi mumkin, neytral so’zlar bir-biriga qorishib emotiv so’z tarkiblari va iboralar birligini keltirib chiqarishini qanday tushuntirish mumkin, degan savollarga aniq javob mavjud emas. Bu munosabatda Ragozin I/F/ ishlarida ma’lum sa’y-harakatlar ko’rsatilgan bo’lib, unda qo’rquv va qo’rqmaslik hissiyotlari rus va fransuz ertaklari materiallarida xulq-atvorning emotsional qimmati va modeli sifatida ko’rib chiqilgan. (3,52-60). Bizlar yashayotgan zamon o’ziga xos shiddat va sur’atliligi bilan farqlanadi. Bu sur’at, birinchi navbatda salbiy hissiyotlarda ifodalanadi. Shining uchun, salbiy hissiyotlarda xarakterlanadigan frazeologik birliklarning miqdori ancha ko’proq. Emotsional holat ichki vaziyatlatlarning bir turi sifatida o’zida maxsus shakllangan strukturani mujassamlashtirib, sub’ekt holati va unga taalluqli emotsional belgilar uning tarkibiga kiritiladi.
INGLIZ TILIDA SEMANTIK MIKROMAYDONLARNING NAFRAT VA QO’RQUV SALBIY HISSIYOTLARNING SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARI
Ойзода Умарова, Дилфуза Муродова (Самарканд, Узбекистан) | Скачать статью