O’SMIRLAR DELINKVENT XULQINING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

  Зарифа Курбанова, Дилрабо Мўминова (Наманган, Узбекистан) |    Скачать статью

Inson ontogenezidagi eng og’ir va murakkab davrlardan biri o’smirlikdir. Shaxsning ijtimoiy yo’nalganligi, qadriyatlari, e’tiqodi va ideallari shakllanadigan ushbu davr og’ishgan xulq-atvor ko’rinishlarining namoyon bo’lishi uchun ham eng qulay davr hisoblanadi. Jamiyatda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri. Shuning uchun ham o’smirlarda delinkvent xulq shakllanishining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va o’rganish katta ahamiyat kasb etmoqda. Olimlarning fikricha, voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining sabablarini quyidagi holatlar bilan ifodalaydilar: - bolaning kayfiyati va ruhiy holatiga ta’sir qiladigan, muayyan iz qoldiradigan hayotdagi omadsizlik; - axloqiy va etnik e’tiqodlarning turg’in emasligi; - jinoiy guruhlar bilan bevosita aloqada bo’lish yoki muayyan sharoitlarda bunday guruh a’zolarining bolaga ta’sir doirasi; - ruhiy holatdagi ayrim ko’rinishlar va sifatlar; ba’zan harakatlarga nisbatan romantzmga berilish va shunday harakatlarni sodir etishga moyillikni kuchayishiva boshqalar. O’smirlar tomonidan sodir etiladigan huquq buzish sabablari oila, turmish va jamoadagi nosog’lom ruhiy muhit ham bo’lishi mumkin. Lekin bunday holatlar o’smirga huquq buzulishi sababi sifatida faqat muayyan shroitlardagina ta’sir qilishi, ya’ni voyaga yetmaganlarning irodaviy sifatlari bo’sh yohud o’z ijtimoiy, etnik harakatlarini nazorat qila olmasligi mumkin.