Nonvoychilik insoniyatning eng qadimiy kasblaridan biridir. Bunga sabab non inson oziqlanishi uchun fiziologik zarur bo’lgan komponent hisoblanadi. Non tayyorlash inson sivilizasiyasining boshlarida boshlangan bo’lsa ajab emas. Dastlab non suvga aralashtirilgan unning pishirilgani bo’lgan. O’shandan boshlab hozirgi kungacha non tayyorlash doimiy ravishda takomillashib bormoqda [O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2006]. Bu sohada mamlakatimizda katta tajriba to’plangan. Ma`lumki, har bir viloyat, tuman va hattoki qishloqning non yopishdagi tajribalari o`ziga xoslik an`analari mavjud. Texnologik nuqtai nazardan non tayyorlashda achitqilardan foydalanish katta ahamiyat kasb etdi. Shu o’rinda non tayyorlash jarayonida achitqi dastlab havodan tushgan desak xato bo’lmas. Ko’p mamlakatlarda non unga achitqi, tuz, shakar va ozroq yog’ yoki margarin qo’shib tayyorlanadi. Bu komponentlar achitqini tez rivojlanishi uchun zarur va oqibatda nonning sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bugungi kunda milliy urf-odatlar, to`yimlilikni ko’tarish, parhez, to’y-xasham va boshqa ehtiyojlardan kelib chiqqan holda nonga boshqa komponentlar ham qo’shiladi [wikipedia.ru].
MAHALLIY ACHITQI HUJAYRALARIDAN FOYDALANIB SIFATLI NON MAHSULOTLARINI TAYYORLASH IMKONIYATLARI VA ISTIQBOLLARI
M.Nurmatova, B.Bozorov (SamDU, Samarqand , O`zbekiston) | Скачать статью