Ma`lumki, quyonchilik – istiqbolli tarmoq. Quyon tovushqonlar oilasiga mansub sut yemizuvchi hayvon bo'lib, Antarktidadan tashqari yer yuzining barcha mintaqasida tarqalgan. Hozir fanga quyonning 50 dan ortiq zoti ma'lum. Olinadigan mahsulotga qarab ikki katta guruhga ajratiladi – go'sht va teri beradigan quyonlar.Muzlatilgan quyon go'shtidan yilning istalgan faslida foydalanish mumkinligi uning parhezlik va boshqa xususiyatlarini oshiradi. Go'shtining biologik qiymati, yumshoqligi hamda yog' va xolesterin moddasi kamligi hisobga olinib, tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me'da, o't-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydalaniladi. O'zbekistonda hozir uy sharoitida quyonboqarlar ko'proq oq velikan, kulrang velikan, oq momiq va angor zotli quyonlarni ko'paytirmoqda. Quyon momig'idan tayyorlangan ashyolar davolovchi xususiyatga yega bo'lib, nevrologiya, radikulit bilan og'rigan bemorlarga tavsiya yetiladi.
Quyonlar organizmining ayrim biologik va fiziologik xususiyatlarini tahlili
Abdurahmonova Dilnavoz Lapas qizi magistr, Bozorov Baxritdin Maxammadiyevich dotsent (SamDU O‘zbekiston) | Скачать статью