TOG’NING YUQORI MINTAQALARIDA O’SUVCHI YOVVOYI DORIVOR O’SIMLIKLARNING NEMATODOFAUNASI VA UNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI

  N.X. Xakimov, M. Q. Xamrayeva (SamDU, Samarqand , O`zbekiston) |    Скачать статью

Tog’larning dengiz sathidan 1600-2000 metr balandlikdagi mintaqalarida o’ziga xos ekologik muhit mavjudki, bunday sharoitda o’suvchi turli-tuman o’simliklar, jumladan yovvoyi dorivor o’simliklarning ham o’ziga xos fitonematodalari faunasi shakllangan bo’ladi. Bunday faunani o’rganish va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish o’z-o’zidan ravshanki ham nazariy va ham amaliy ahamiyatga ega. Ushbu yo’nalishda Zarafshon tog’ tizmasining pastki mintaqalari va tog’ oldi hududlarida tarqalgan yovvoyi dorivor o’simliklarning ayrim turlarini nematodofaunasini o’rganishga qaratilgan, lekin to’la bo’lmagan ba’zi ma’lumotlar bor. (To’laganov A.T., 1958; Adilova N. B., 1981; Hakimov N.X., 2008).