AMUR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O`RTA OSIYODA MADANIYAT VA SAN`AT RIVOJI

  Muyassar Tojiahmedova (Namangan, O’zbekiston) |    Завантажити статтю

Temur va temuriylar davri O`rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o`zbek madaniyatining bugungi xuquqiy joylashuvida asos bo`lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoillari asosida ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’liqdir. Amir Temur Davrida O`rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqiyotiga ijodiy ta`sir ko`rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san`at, xunarmandchilik va me`morchilik ravnoq topdi. Mamlakatlardan ko`plab fan va san`at ahillarini, xunarmand me`morchilik va mksavvirlarini to`pladi. Temur markazlashgan davlat tuzish darayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo`jaligi alohida e`tibor berdi. O`rta Osiyoda qishloq xo`jaligi sun`iy sug’orishga bag’liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qizdirdi va Mug’rob vodiysida sug’orish ishlarini yo`lga qo`ydi. Samarqand, Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta`minlandi. Lalmikor erlarida ariqlar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig’ir, ekilgan. Bo`yoq uchun ro`yan o`simligi va shuningdek pillchilikda tutlar ko`p ekilgan, uzum va limonlar etishtirilgan.