Harakat bilan uning amalga oshadigan vaqti orasidagi munosabatni ifodalovchi morfema zamon yasovchi morfema deyiladi; bunday morfemalar tizimi zamon yasovchilari paradigmasini tashkil etadi. Fe'lning zamoni harakat amalga oshadigan vaqtni obyektiv vaqtga nisbat berib belgilanadi, bunda nutq payti o‘lchov qilib olinadi: harakat nutq paytidan oldin voqe bo‘lgani ifodalansa, o‘tgan zamon deb, nutq paytida voqe bo‘layotgani ifodalansa, hozirgi zamon deb, nutq paytidan keyin voqe bo‘lishi ifodalansa, kelasi zamon deb belgilanadi.
ZAMON SHAKLLARINI YASOVCHI MORFEMALAR PARADIGMASI
Дилафруз Мукимова, Нигора Махмудова (Карши, Узбекистан) | Завантажити статтю