O`QUVCHILARNING AHLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH

  Gulchehra Karimova (Namangan, O'zbekiston) |    Завантажити статтю

Respublika Prezidenti va xukumatining ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko`nikmalar berish, ularni ona-Vatanga, milliy isiqlol g`oyalariga sadoqat ruxida tarbiyalash borasida ko`rsatilgan doimiy g`amxo`rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o`zgardi. Shu o`rinda e’tirof etish kerakki, mamlakat iqtisodiyotida, shu jumladan, ta’lim tizimida amalga oshiriladigan islohatlar o`z-o`zidan bo`lmayapti. Ular katta kuch, mablag`, mehnat evaziga amalga oshirilmoqda. Ma`naviyatni o’sib kelayotgan yosh avlod ongida shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz vositasida har tomonlama tarbiyalab borish O’zbekistonning har bir fuqarosini mas`uliyatli burchi va vazifasi hisoblanadi.