QUYONLARNING MAHSULDORLIGINI OSHIRISH VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O`RGANISHNING DOLZARBLIGI

  Sadoqat Nabijonova-magistr, M.A. Ismayilova dotsent (SamGU-O`zbekiston) |    Завантажити статтю

Ma’lumki hozirgi kunda O‘zbekistonda juda ko‘plab sohalar jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Jumladan, chorvachilik, fermerchilik, xususiy tadbirkorlik va boshqa ko‘plab sohalar bunga misol bo‘la oladi. Shu kunlarda mamlakatimizda fermerlarimiz tomonidan turli-tuman zotlarga mansub qoramollar, qo‘ylar va shu kabi chorva hayvonlarini tuyoq soni oshirilib, ulardan go‘sht, sut, teri, jun olish salmog‘i yaxshilanmoqda. Mana shular bilan bir qatorda respublikamizda quyonchilikni ham keng yo‘lga qo‘yilishi dolzarb vazifalardan biri deb o‘ylaymiz. Chunki qoramollar, qo‘ylar va boshqa chorva hayvonlaridan qancha ko‘p samarali mahsulotlar olinsa, quyonlardan ham ana shunday yuqori salmoqli mahsulotlar olinadi.