INGLIZ TILIDA SO`ZLASHUV USULINING TA`LIMI

  Nargiza Xolmurodova, Shaxnoza Xushmurodova (Самарканд, Узбекистан) |    Download article

So΄zlashuv psixologik jihatdan quyidagi xususiyatlarga ega: birinchidan, u ikki shaxsning suhbatidan iborat bo΄lib uning o΄tish jarayoni ishtirokchilariga bog΄liq. Shu sababdan so΄hbatni oldindan rejalashtirishning imkoni yo΄q, zero u tasodufan vujudga keladi. Mukolama (suhbat)da ikki nafar bir-birlarining so΄zlariga muvofiq suhbatlashadilar, ya΄ni bunday so΄zlashuvning jarayonida gapiruvchi kishi mustaqil ravishda so΄zlasholmaydi. U o΄z so΄zlarida munosib fikrlarni hisobga olishi, uni tasdiq yo inkor etishi yoxud suhbatdoshining so΄zlari mundarijasiga bog΄liq bo΄lgan holda o΄z so΄zlarini almashtirib boshqa yo΄nalishga kirgizishi kerak bo΄ ladi(4,85). Mukolama paytida har ikki nafar ishtirokchi ham teng tarzda tashabbuskor bo΄lishi, savol berishi mumkin va suhbatdoshi uning savollariga javob beradi. Bunday so΄zlashuvning asosiy xususiyatlaridan biri uning situativ xarakterga ega bo΄lishidir.