Markaziy Osiyoning paxta yetishtiruvchi zonalarida g’o’zaning ildiz tizimini zararlovchi tunlamlarning 11 turi ro’yxatga olingan. Ildiz kemiruvchi tunlamlari har xil turlarining g’o’zaga zarar yetkazish darajasi turlicha. O’rta Osiyoda g’o’zaga bu tunlamlardan ayniqsa kuzgi (Arrotis Sgetum Schif) va undov (A.exclamationis) tunlamlari eng ko’p zarar yetkazadi. Qolgan turlar, shu jumladan yovvoyi tunlam kam miqdorda uchraydi, ba’zi bir yillarda esa bu turlarning barchasi ekinlarga katta xavf tug’dirishi mumkin. Bu tunlamlar hammaxo’r, ammo shu bilan birga ular xush ko’radigan ekinlar va begona o’tlar bor. Masalan; undov tunlami bedani, kuzgi tunlam –g’o’zani yovvoyi tunlam – poliz ekinlarini xush ko’radi. Bu turlarning hayot tarzi va zarar yetkazish xususiyati o’xshash bo’lsa ham, ular rivojlanishining bioekologik xususiyatlarida tafovutlar bor. Masalan, kuzgi tunlam har bir avlodlarning rivojlanishi uchun 550oC samarali haroratlar yig’indisi talab qilinsa, undov tunlami uchun 7500C talab qilinadi. Shuning uchun undov tunlami kuzgi tunlamdan farqli o’laroq bir yilda ikki-uch avlod berib rivojlanadi; yovvoyi tunlam shakllangan qurt, tuxum va boshqa rivojlanish bosqichlarida qishlaydi.
ILDIZ KEMIRUVCHI TUNLAMIGA QARSHI KURASHISHDA ENTOMOFAGLARNING AMALDA QO’LLANILISHI
Muxlisa Otaboyeva (Samarkand, Uzbekistan) | Скачать статью