TURKISTONDA ROSSIYA IMPERIYASINING QISHLOQ XO’JALIGIDA YURITGAN SIYOSATINING ASOSIY MAZMUN MOHIYATI

  Baxtiyor Boltaboyev (Uzbekistan) |    Скачать статью

Turkiston o`lkasini iqtisodini Markaz manfaatlariga to`la bo`ysundirishda bu yerda paxta yakkaxokimligini o`rnatish muhim ahamiyat kasb etar edi. Shuning uchun ham mustamlaka ma`muriyati agrar soha bilan izchil shug’ullana boshladi. Turkistondagi agrar siyosatni bosh maqsadi va asosiy yo`nalishlarini asosiy maqsadi shunday ifodalanadi. “ Bu markaziy masalada uch ko`rinish mavjud. Agar birinchisida yarqirab turgan yozuv “Pochta” bo`lsa, ikkinchisida “Sug’orish” va nihoyat, uchinchisida uncha ko`zga tashlanib turmagan bo`lsa ham, aslida hammasidan muhimi – “ruslarni ko`chirib keltirib o`rnashtirish” yozuvi turibdi”. Rossiya yer tuzilishi va yer ishlari boshqaruvchisi (1908-1915), agrar islohot sohasida P.A.Stolipinning eng yaqin xodimi bo`lgan A.V.Krivoshein o`z fikrlarini aniq dalillashga urinib, masalani dastlabki iqtisodiy tomoniga urg’u beradi. “Bizning ichki bozorimizga so`nggi yigirma yil ichida Amerika paxtasi uchun faqat boj tariqasida yetti yuz million rubl’ to`lashga to`g’ri keldi. 1900 yildan buyon esa yiliga qiriq million to`lab kelmoqdamiz. Turkistonni Rossiya davlati uchun bebaho boyliklar makoni ekanligi, ya`ni masalani sof iqtisodiy tomoniga markaz jiddiy e`tibor qaratgan edi”.